Hujjatlar
Sizga qaysi yo'l kerak?
Botxona — Telegram botingizni yuklab, ishga tushirib, kuzatib turadigan xizmat. Quyidagi uchta yo'ldan qaysi biri sizga to'g'ri kelishini tanlang — hujjatlar shunga qarab davom etadi.
1. Menda tayyor bot bor (ZIP yoki GitHub)
Botning kodi allaqachon bor — o'zingiz yozgan yoki kimdir yozib bergan. Birinchi botni 10 daqiqada joylash qo'llanmasidan boshlang: BotFather'dan token olish, faylni ZIP qilish, yuklash va tekshiruvdan o'tkazish.
2. Menda bot yo'q — AI yordamida yarataman
Dasturlashni bilmasangiz ham muammo emas. Promptlar kutubxonasi bo'limidan tayyor topshiriqni nusxalab ChatGPT, Claude yoki Gemini'ga bering — ular sizga to'liq kod yozib beradi. AI bilan ishlashni chuqurroq o'rganish uchun AI yordamchilar sahifasiga qarang.
3. Men dasturchiman
To'g'ridan-to'g'ri texnik hujjatlarga o'ting: 6 qoida (standartlar), botxona.yaml sxemasi va AI-agentlar uchun contract.md.
Bo'limlar
Boshlash
Botni tayyorlash
- BotFather orqali token olish
- Bot uchun ZIP arxiv tayyorlash
- 6 standart qoida — bot kodi qanday bo'lishi kerak
- Tekshiruv natijasini o'qish (🟢/🟡/🔴)
- botxona.yaml — to'liq sxema
- Muhit o'zgaruvchilari (env)
- Ma'lumotlar va zaxira nusxalash
- GitHub orqali ulash va avtomatik deploy
Boshqaruv
- Bot uxlashi va uyg'onishi (scale-to-zero)
- Boshqaruv paneli bo'yicha tur
- Loglarni o'qish (dasturchi bo'lmasangiz ham)
- Analitika — metrikalar oddiy tilda
- Xatoliklar va yechimlar (top 15)
To'lov va tariflar
AI yordamchilar
Texnik ma'lumot
Ko'p so'raladigan savollar
Bot joylashtirish uchun pul kerakmi?
Yo'q, boshida yo'q. Har bir yangi bot 15 daqiqalik bepul sinovdan o'tadi — shu vaqt ichida bot to'liq ishlaydi, siz uni Telegram'da sinab ko'rasiz. Sinov tugagach, davom etish uchun tarif tanlab to'lov qilasiz (To'lov qanday amalga oshiriladi).
Dasturlashni bilmasam ham bo'ladimi?
Ha. Promptlar kutubxonasi orqali AI'dan kod yozdirib olishingiz, so'ng shunchaki ZIP qilib yuklashingiz mumkin — kodni tushunish shart emas.
Botim ishlamay qolsa nima qilaman?
Avval Xatoliklar va yechimlar sahifasiga qarang — eng ko'p uchraydigan 15 holat va ularning yechimi shu yerda.