botxona.yaml — to'liq sxema
botxona.yaml — ixtiyoriy fayl, arxiv ildizida joylashadi (botxona.yml ham qabul qilinadi). U tizim avtomatik aniqlay olmaydigan holatlarni siz o'zingiz aniq ko'rsatishingiz uchun kerak. Fayl bo'lmasa ham bot ishlaydi — tizim avtomatik aniqlashga harakat qiladi.
Maydonlar
runtime: python # python | node | go | php — til avtomatik aniqlanmasa aniq ko'rsating
entry: main.py # ishga tushiriladigan fayl (runtime bilan birga ishlaydi)
start: python -u main.py --prod # to'liq buyruq — entry o'rniga, qo'shimcha argumentlar bilan
always_on: true # true — bot doim yoniq, false — faolsizlikda uxlaydi
updates: webhook # auto (standart) | polling | webhook — yangilanishlar qanday keladi
webhook:
port: 8080 # HTTP serveringiz tinglaydigan port ( sifatida ham beriladi)
path: /webhook # bot o'zi setWebhook chaqirmasa ishlatiladigan yo'l
| Maydon | Turi | Izoh | |||
|---|---|---|---|---|---|
runtime | python \ | node \ | go \ | php | Til avtomatik aniqlanmasa (masalan ikkala til fayllari ham bor) foydali |
entry | matn | Ishga tushiriladigan fayl yo'li, masalan src/main.py (Go uchun — paket yo'li, masalan ./cmd/bot) | |||
start | matn | To'liq ishga tushirish buyrug'i — argumentlar yoki maxsus skript kerak bo'lganda | |||
updates | auto \ | polling \ | webhook | Yangilanishlarni yetkazish usuli. auto (standart) — bot setWebhook chaqirsa webhook, aks holda polling. Panelda (Sozlamalar → Yangilanishlar) tanlangan rejim bundan ustun turadi | |
webhook.port | 1–65535 | HTTP serveringiz tinglaydigan port (standart 8080); PORT o'zgaruvchisi sifatida ham beriladi | |||
webhook.path | / bilan boshlanadi | Bot o'zi setWebhook chaqirmasa ishlatiladigan yo'l (standart /webhook); WEBHOOK_PATH sifatida ham beriladi | |||
always_on | true/false | Botni doim yoniq qilib qo'yish yoki, aksincha, scheduler bo'lsa ham uxlashga ruxsat berish | |||
python | 3.10 \ | 3.11 \ | 3.12 \ | 3.13 | Python versiyasi (standart 3.12). runtime.txt (python-3.11.4) va .python-version ham o'qiladi. Eski pin qilingan kutubxonalar (masalan pandas==1.5.3) uchun tizim o'zi 3.11 tanlaydi |
writable | papka/fayl nomlari ro'yxati | Kodingiz nisbiy yo'lga yozadigan ildiz papkalar yoki fayllar (data, users.json). Ular /data ga ulanadi — ma'lumotlar saqlanadi va zaxiralanadi. Odatda tizim o'zi aniqlaydi, faqat aniqlay olmasa yozing |
Ustuvorlik tartibi
startbo'lsa — aynan shu buyruq ishlatiladi,entrye'tiborga olinmaydi.- Aks holda
entrybo'lsa — shu faylruntimega mos standart buyruq bilan ishga tushiriladi (python -u <entry>,node <entry>yoki Go'da<entry>paketi binar faylga build qilinadi). - Ikkalasi ham bo'lmasa — tizim
main.py/bot.py/app.py(Python) yokipackage.jsondagi"start"skripti /mainmaydoni (Node.js) yoki Go'da ildizdagimainpaket (main.go) / yagonacmd/<nom>/orqali avtomatik aniqlaydi. Go loyihasi ildizdagigo.modbilan aniqlanadi (yokiruntime: go/golang).
always_on sozlansa, u bot sahifasidagi Sozlamalar → Ish rejimidagi "Avto" holatining boshlang'ich qiymatini belgilaydi — foydalanuvchi keyinchalik panelda buni qo'lda o'zgartirishi mumkin (Uxlash va uyg'onish).
Misollar
Oddiy Python bot, standart nomlanmagan fayl bilan:
runtime: python
entry: src/bot.py
Node.js, maxsus ishga tushirish buyrug'i bilan:
start: node --experimental-modules src/index.mjs
Go, cmd/bot paketi bilan:
runtime: go
entry: ./cmd/bot
Har doim yoniq bo'lishi kerak bo'lgan bot (masalan to'lov eslatmalari yuboradi):
always_on: true
Webhook ishlatadigan bot ( da tinglaydi, /tg yo'lini qabul qiladi):
updates: webhook
webhook:
port: 8080
path: /tg
Noto'g'ri updates qiymati, 1–65535 dan tashqari port yoki / bilan boshlanmaydigan yo'l tekshiruvda xato beradi. Batafsil: Webhook yoki long-polling.
Python versiyasi, yozuv papkalari va PHP
- Python versiyasi.
python: "3.11"(yokiruntime.txt). Qo'llab-quvvatlanadi: 3.10, 3.11, 3.12, 3.13. Kutubxona o'rnatilmay qolsa (masalanpandas==1.5.33.12 da build bo'lmaydi), eski versiyani tanlang. Aniqpandas/scipykabi eski pin bo'lsa vanumpyyozilmagan bo'lsa, o'rnatishga avtomatiknumpy<2sharti qo'shiladi. - Nisbiy yo'lga yozish. Fayl tizimi faqat o'qish uchun, shuning uchun
data/bot.sqlite3yokiopen("users.json", "w")kabi yozuvlar odatda xato beradi. Tizim bunday papka/fayllarni topib,/dataga ulaydi (kodda hech narsani o'zgartirish shart emas). Avtomatik topilmasawritable: [papka, fayl.json]yozing. Yaxshisi baribirDATA_DIRishlating. Eslatma: arxivda bor papka/dataga ulansa, undagi fayllar birinchi ishga tushishda nusxalanadi va keyingi deploylarda faqat YANGI fayllar qo'shiladi — o'zgargan fayllar ustiga yozilmaydi (bot ma'lumotlari saqlansin deb). - PHP.
runtime: php(yokiindex.php/composer.json).php://inputo'qiydigan skript webhook boti hisoblanadi: PHP serverida (php -S) ishlaydi va yangilanishlar unga avtomatik yetkaziladi —setWebhookchaqirish shart emas. Boshqa skriptphp fayl.phpbilan ishlaydi. Node.js/Python o'ramiphpni o'zi ishga tushirsa, PHP obrazga o'rnatiladi.
Keyingi qadam
Kirish nuqtasi va kutubxonalar haqida to'liq: 6 qoida. Muhit o'zgaruvchilari haqida: Muhit o'zgaruvchilari.