Botxona

Webhook yoki long-polling? Botxona qanday ishlaydi

Telegram botlar yangilanishlarni (xabar, tugma bosish) ikki usulda olishi mumkin: webhook (Telegram o'zi sizning serveringizga yuboradi) yoki long-polling (bot o'zi Telegram'dan doimiy so'rab turadi, getUpdates). Botxona ikkalasini ham qo'llab-quvvatlaydi. Eng sodda va tavsiya etiladigan usul — long-polling; agar botingiz allaqachon webhook ishlatsa, uni qayta yozish shart emas.

Qaysi birini tanlash kerak

  • Long-polling — port ham, HTTP server ham, sozlash ham kerak emas. start_polling() / run_polling() / bot.launch() / bot.start() o'z holicha ishlaydi. Yangi botlar uchun shuni tanlang.
  • Webhook — kodingiz allaqachon webhook ishlatsa (boshqa hostingdan ko'chirilgan yoki shu uslub yoqsa). Ochiq domen, SSL sertifikat yoki ochiq port kerak emas — Botxona yangilanishlarni to'g'ridan-to'g'ri bot konteyneriga yetkazadi.

Bu qanday ishlaydi

Botxona minglab botni umumiy infratuzilmada ishlatadi va har bir bot scale-to-zero — faolsizlikda butunlay to'xtaydi (batafsil). Telegram'dagi haqiqiy webhook doim platformaga tegishli: Botxonaning doim ishlab turuvchi proksisi har bir yangilanishni qabul qiladi, tartib bilan navbatga qo'yadi, bot uxlab yotgan bo'lsa uyg'otadi va yangilanishni siz tanlagan usulda topshiradi:

  • Polling: bot getUpdates chaqiradi, proksi javobni o'z buferidan beradi.
  • Webhook: proksi har bir yangilanishni bot konteyneri ichidagi HTTP serverga POST qilib yuboradi — bittadan va tartib bilan. Server 200 javob bersa, yangilanish tasdiqlangan hisoblanadi. Server yoqilmagan yoki uxlab yotgan paytda yangilanishlar yo'qolmaydi, navbatda kutadi.

Ikkala holatda ham yetkazish tartibli va kamida bir marta (at-least-once) bo'ladi.

Uch rejim (Sozlamalar → Yangilanishlar)

RejimNima qiladi
Avtomatik (standart)Telegram kabi ishlaydi. Bot setWebhook chaqirsa — yangilanishlar webhook orqali keladi; deleteWebhook chaqirsa — yana polling. Ko'pchilik webhook botlar " da tingla" dan boshqa o'zgarishsiz ishlaydi.
PollingPolling majburiy. setWebhook e'tiborsiz qoldiriladi (ok javob qaytadi, lekin hech narsa o'zgarmaydi) va egasiga xabar boradi. Bot tasodifan setWebhook chaqirsa foydali.
WebhookWebhook birinchi soniyadan majburiy — bot setWebhook chaqirmasa ham (webhookni bir marta qo'lda o'rnatgan botlar uchun).

Rejimni botxona.yaml orqali ham berish mumkin:

updates: webhook        # auto | polling | webhook
webhook:
  port: 8080            # HTTP serveringiz tinglaydigan port
  path: /webhook        # bot o'zi setWebhook chaqirmaganda ishlatiladi

Sozlamalarda (panelda) tanlangan rejim botxona.yaml dan ustun turadi. Hech qayerda berilmagan bo'lsa — auto.

Botxona botga beradigan o'zgaruvchilar

O'zgaruvchiQiymati
PORTHTTP serveringiz tinglashi kerak bo'lgan port (0.0.0.0:); standart 8080
WEBHOOK_PATHQabul qilinadigan yo'l, standart /webhook
WEBHOOK_URLhttps://webhook.botxona.internal + yo'l — setWebhook ga shuni bering
WEBHOOK_DOMAINwebhook.botxona.internal — domen va yo'lni alohida so'raydigan kutubxonalar (Telegraf) uchun
WEBHOOK_SECRETMaxfiy token: secret_token sifatida bering; Botxona uni X-Telegram-Bot-Api-Secret-Token sarlavhasida qaytarib yuboradi
UPDATE_DELIVERYauto, polling yoki webhook — bitta kod run_polling yoki run_webhook ni tanlashi uchun

WEBHOOK_URL dagi domen hisobga olinmaydi: Botxona undan faqat yo'lni oladi va doim o'z konteyneringizga yetkazadi. Bu o'zgaruvchilarni .env.example yoki panelga qo'shmang — ular avtomatik beriladi (Muhit o'zgaruvchilari).

Webhook bot uchun qoidalar

  • 0.0.0.0: da oddiy HTTP server ishga tushiring — TLS ham, sertifikat ham kerak emas.
  • Port ochmang va domen olmang — konteynerga faqat Botxonaning o'zi yopiq tarmoq orqali yetadi.
  • Telegram IP filtrini (masalan aiogram ip_filter_middleware) olib tashlang — so'rovlar Telegram'dan emas, Botxonadan keladi. Maxfiy token yetarli.
  • Telegram API manzilini kutubxona standartida qoldiring.
  • Tez 200 javob qaytaring. Boshqa javob qayta yuboriladi va xato sifatida yoziladi. Javob tanasida {"method": "sendMessage", ...} ko'rinishida qaytarish ham ishlaydi.

Framework namunalari

aiogram 3:

import os
from aiohttp import web
from aiogram.webhook.aiohttp_server import SimpleRequestHandler, setup_application

async def on_startup(bot):
    await bot.set_webhook(os.environ["WEBHOOK_URL"], secret_token=os.environ["WEBHOOK_SECRET"])

dp.startup.register(on_startup)
app = web.Application()
SimpleRequestHandler(dp, bot, secret_token=os.environ["WEBHOOK_SECRET"]).register(app, path=os.environ["WEBHOOK_PATH"])
setup_application(app, dp, bot=bot)
web.run_app(app, host="0.0.0.0", port=int(os.environ["PORT"]))

python-telegram-bot 21:

app.run_webhook(
    listen="0.0.0.0", port=int(os.environ["PORT"]),
    url_path=os.environ["WEBHOOK_PATH"].lstrip("/"),
    webhook_url=os.environ["WEBHOOK_URL"],
    secret_token=os.environ["WEBHOOK_SECRET"],
)

grammY (Express):

app.post(process.env.WEBHOOK_PATH, webhookCallback(bot, "express", { secretToken: process.env.WEBHOOK_SECRET }))
await bot.api.setWebhook(process.env.WEBHOOK_URL, { secret_token: process.env.WEBHOOK_SECRET })
app.listen(+process.env.PORT)

Telegraf 4:

bot.launch({
  webhook: {
    domain: process.env.WEBHOOK_DOMAIN,
    port: +process.env.PORT,
    path: process.env.WEBHOOK_PATH,
    secretToken: process.env.WEBHOOK_SECRET,
  },
})

go-telegram/bot:

b, _ := bot.New(token, bot.WithWebhookSecretToken(os.Getenv("WEBHOOK_SECRET")))
b.SetWebhook(ctx, &bot.SetWebhookParams{URL: os.Getenv("WEBHOOK_URL"), SecretToken: os.Getenv("WEBHOOK_SECRET")})
go b.StartWebhook(ctx)
http.ListenAndServe(":"+os.Getenv("PORT"), b.WebhookHandler())

Bot tekshiruvi paytida Botxona test konteynerida ochiq port qidiradi va hisobotda ko'rsatadi ("Webhook server :8080 portda tinglayapti"). Batafsil: Tekshiruv natijasini o'qish.

Tez-tez uchraydigan xatolar

"409 Conflict: can't use getUpdates method while webhook is active" — bot webhook rejimida (setWebhook chaqirgan yoki sozlamada Webhook tanlangan), lekin kod getUpdates ham chaqiryapti. Bittasini tanlang: yo deleteWebhook chaqirib polling'da qoling, yo polling chaqiruvini olib tashlang. Boshqa 409 — "terminated by other getUpdates request" — bir tokenga ikki joydan (masalan kompyuteringiz va Botxona) ulanilganini bildiradi: ortiqchasini to'xtating. Batafsil: Xatoliklar va yechimlar.

Webhook rejimida bot javob bermayapti. Sozlamalar → Yangilanishlar bo'limiga qarang: oxirgi yetkazish xatosi shu yerda ko'rsatiladi.

  • Connection refused — portda hech kim tinglamayapti. Server 0.0.0.0: da (localhost da emas) tinglayotganini va sozlamadagi Port haqiqiysiga mosligini tekshiring.
  • Wrong response from the webhook: 404 — yo'l noto'g'ri. ni qabul qiling.
  • Wrong response from the webhook: 401 / 403 — secret_token ga mos emas yoki IP filtri so'rovni rad etyapti.
  • Wrong response from the webhook: 500 — handler ichida xato; loglarni ko'ring. Ketma-ket 8 marta xato bergan "zaharli" yangilanish navbat qotib qolmasligi uchun o'tkazib yuboriladi.

Bot getWebhookInfo chaqirsa, o'sha last_error_message ni ko'radi.

Ilgari boshqa hostingda o'rnatilgan webhook. Tokeningiz uchun haqiqiy webhookni platforma o'zi egallaydi, shuning uchun eski manzil zarar qilmaydi. polling rejimida ishga tushishda deleteWebhook chaqirish baribir zararsiz.

Keyingi qadam

Botingizni yuklang: Birinchi botni 10 daqiqada joylash.