Botxona

Muhit o'zgaruvchilari (env)

Muhit o'zgaruvchilari (environment variables) — botingiz ishga tushganda o'qiydigan sozlamalar: token, kanal ID, admin ro'yxati va h.k. Ularni kodga yozish o'rniga, kod ularni o'qiydi — shunda tokenni almashtirish uchun kodni qayta yozish shart bo'lmaydi.

Platforma beradigan o'zgaruvchilar

Quyidagilarni siz o'zgartira olmaysiz — Botxona ularni avtomatik beradi:

O'zgaruvchiMa'nosi
BOT_TOKENBotingizning Telegram tokeni
TELEGRAM_API_URLPlatforma proksisi manzili. Ixtiyoriy — ishlatish shart emas: bot odatiy api.telegram.org ga murojaat qilsa ham, so'rovlar avtomatik proksi orqali o'tadi
DATA_DIRDoimiy ma'lumot saqlanadigan yagona joy
TZVaqt mintaqasi (Asia/Tashkent)
PORTWebhook rejimida HTTP serveringiz tinglashi kerak bo'lgan port (0.0.0.0:), standart 8080
WEBHOOK_PATHWebhook so'rovlari qabul qilinadigan yo'l, standart /webhook
WEBHOOK_URLsetWebhook ga beriladigan manzil: https://webhook.botxona.internal + WEBHOOK_PATH (domen hisobga olinmaydi)
WEBHOOK_DOMAINwebhook.botxona.internal — domenni alohida so'raydigan kutubxonalar uchun
WEBHOOK_SECRETsetWebhook ga secret_token sifatida beriladigan maxfiy token
UPDATE_DELIVERYYangilanishlar rejimi: auto, polling yoki webhook
BOTXONA_EXTRA_TOKENSFaqat panelda «Qo'shimcha tokenlar» qo'shilgan bo'lsa: bot boshqaradigan boshqa Telegram botlarning tokenlari, vergul bilan. Har bir token o'z yangilanishlarini oladi (getUpdates yoki o'z setWebhooki). Bo'lmasligi mumkin — kod buni hisobga olsin

Webhook o'zgaruvchilari haqida batafsil: Webhook yoki long-polling. Polling ishlatadigan botlar ularni e'tiborsiz qoldirishi mumkin.

O'zingiz qo'shadigan o'zgaruvchilar

Bot mantig'iga xos sozlamalar — masalan ADMIN_IDS, CHANNEL_ID, WORK_HOURS. Bularni kodda .env.example faylida (qiymatisiz, faqat nom va izoh bilan) hujjatlashtirasiz:

# Adminlar Telegram ID'lari, vergul bilan ajratilgan
ADMIN_IDS=

# Ish vaqti, masalan 09:00-18:00
WORK_HOURS=09:00-18:00

Bot yuklanganda tizim shu faylni o'qib, panelning Sozlamalar → Muhit o'zgaruvchilari bo'limida har biri uchun kiritish maydoni ko'rsatadi. Qiymatlarni u yerda kiritasiz — ular shifrlangan holda saqlanadi va saqlangach ekranda qayta ko'rsatilmaydi (faqat "o'rnatilgan" belgisi ko'rinadi), yangi qiymat kiritish esa eskisini almashtiradi.

Qiymat kiritilgach yoki o'zgartirilgach, bot avtomatik qayta ishga tushadi — kodni qayta yuklashning hojati yo'q.

.env.example bo'lmasa nima bo'ladi?

Bot baribir ishga tushadi, lekin tekshiruv hisobotida sariq belgi chiqadi va sizga kod ichida ishlatilgan, lekin hujjatlashtirilmagan o'zgaruvchilar ro'yxati ko'rsatiladi — ularni ham panelda qo'lda qo'shishingiz mumkin.

Sirlar hech qachon ZIP'ga qo'shilmaydi

.env fayli (haqiqiy qiymatlar bilan) arxivga solingan bo'lsa ham, tizim uni avtomatik o'chirib tashlaydi — xavfsizlik uchun. Faqat .env.example (qiymatlarsiz namuna) foydali va xavfsiz.

Keyingi qadam

Qaysi o'zgaruvchi qanday tekshirilishi: 6 qoida — 6-band. Ma'lumotlarni qayerda saqlash kerakligi: Ma'lumotlar va zaxira.