Botxona

Boshqaruv paneli bo'yicha tur

Har bir botning o'z sahifasi bor (Botlar → botni tanlang), bir necha bo'limga bo'lingan.

Umumiy (Overview)

Botning joriy holati (ishlayapti, uxlayapti, tekshiruvda, sinovda va h.k.), oxirgi deploy natijasi va tezkor amallar: ishga tushirish, to'xtatish, qayta ishga tushirish (restart).

  • To'xtatish — botni butunlay o'chiradi, xabarlarga javob bermaydi, siz qayta ishga tushirmaguningizcha.
  • Qayta ishga tushirish — konteynerni qayta ishga tushiradi (masalan bot "osilib qolgan" bo'lsa foydali), kod o'zgarmaydi.
  • Qayta joylash (redeploy) — kodni (ZIP yoki GitHub'dan) qayta yuklab, tekshiruv va build zanjirini qaytadan ishga tushiradi.

Loglar

Botning konsolga chiqargan matnlari real vaqtda. Xatolik qidirish uchun birinchi joy — batafsil: Loglarni o'qish.

Analitika

Foydalanuvchilar soni, kunlik faollik, buyruqlar va xatolar statistikasi — kod o'zgartirmasdan. Batafsil: Analitika.

Sozlamalar

  • Muhit o'zgaruvchilari — sozlamalarni kiritish/o'zgartirish (batafsil).
  • Ish rejimi — avto/doim yoniq/uxlash (batafsil).
  • BOT_TOKEN ni almashtirish — BotFather'da tokenni yangilagan bo'lsangiz, yangisini shu yerga kiritasiz, bot avtomatik qayta ishga tushadi.
  • GitHub havolasi va branch — repozitoriy manzilini o'zgartirish (batafsil).
  • Ommaviy sahifa — botingiz haqida ochiq sahifa (/b/botnomi), foydalanuvchilar shikoyat qoldirishi mumkin.
  • Mijozga topshirish (faqat Freelancer tarifida) — botni boshqa Telegram foydalanuvchisi (mijozingiz) akkauntiga o'tkazish; mijoz avval platforma botiga /start bosgan bo'lishi kerak, bot mijozda 7 kungacha bepul ishlaydi, so'ng mijoz o'z tarifini tanlaydi.
  • Botni o'chirish — konteyner, ma'lumotlar, zaxiralar va analitika butunlay va qaytarilmas tarzda o'chiriladi. Xatodan saqlanish uchun tizim bot nomini qo'lda qayta yozishni talab qiladi.

To'lov

Joriy obuna holati, tarif almashtirish, uzaytirish. Batafsil: To'lov qanday amalga oshiriladi.

Zaxira

Zaxira ro'yxati, qo'lda zaxiralash, tiklash va yuklab olish. Batafsil: Ma'lumotlar va zaxira.

Telegram bildirishnomalari va Mini App

Muhim hodisalar (bot ishdan chiqishi, to'lov tasdiqlanishi, zaxira xatosi) haqida platforma boti orqali Telegram'da xabar olasiz. Dashboardni Telegram ichida ham — Mini App sifatida — ochish mumkin, u xuddi veb-versiya kabi ishlaydi, faqat Telegram'ning orqaga qaytish tugmasi va mavzusidan foydalanadi.

Keyingi qadam

Muammo yuzaga kelsa: Xatoliklar va yechimlar.