Tayyor Telegram botlar
Kod yozmasdan, o'zingiz sozlab, 5 daqiqada Telegram botingizni ishga tushiring — quyidagi tayyor botlardan birini tanlang. Ba'zilari Bepul tarifda ham ishlaydi: faqat shu katalogdagi tayyor botlar, xabarlar pastida kichik "Botxona.uz" yozuvi bilan.
Guruh boshqaruvi
Reklama, havola va spamni avtomatik o'chiradi
- Havola, t.me va yashirin havolali xabarlarni avtomatik o'chirish
- Boshqa kanal/guruhlardan forward xabarlarni bloklash
- Taqiqlangan so'zlar ro'yxati bo'yicha filtrlash
A'zolar faolligi va taklif reytingi, majburiy qo'shish/obuna bilan
- Kunlik, haftalik, oylik va umumiy faollik reytingi (/top)
- Kim ko'p a'zo qo'shgani bo'yicha taklif reytingi (/taklif)
- Har bir a'zo uchun shaxsiy statistika va o'rin (/men)
Biznes va savdo
Katalog, savat va buyurtmalar bilan to'liq do'kon boti
- Kategoriyalar va mahsulotlar katalogi (rasm, narx, tavsif, ombor)
- Savat: miqdorni o'zgartirish, tozalash, jami summa
- Yetkazib berish yoki olib ketish, ixtiyoriy bepul yetkazish chegarasi
Tugmali menyu orqali ma'lumot beradi, javobsiz savollarni adminga yuboradi
- Ko'p bosqichli tugmali menyu — bo'lim ichida bo'lim, 5 darajagacha
- Har bir bo'limga matn, rasm, video, fayl, ovozli xabar, manzil yoki kontakt joylash mumkin
- Bot ichidan tahrirlash — kod yozish shart emas, hammasi tugmalar orqali
Xizmat ko'rsatish
Mijozlar yozadi, siz reply orqali javob berasiz
- Foydalanuvchi yozgan har qanday xabar (matn, rasm, video, fayl) adminlarga yetkaziladi
- Admin xabarga reply qilib javob beradi — javob avtomatik foydalanuvchiga yuboriladi
- Ixtiyoriy: murojaatlar alohida guruhga tushadi, bot admin bo'lishi kerak
Kurs, tadbir yoki ish uchun ro'yxatdan o'tkazish boti — CSV eksport bilan
- Savollarni o'zingiz yozasiz — kod bilishingiz shart emas
- 8 xil savol turi: matn, raqam, telefon, sana, email, tanlov, rasm, fayl
- Ixtiyoriy savollar va ⬅️ Orqaga / ⏭ O'tkazib yuborish tugmalari
Xizmatlarga onlayn navbat va bron qilish boti
- Xizmatlar, davomiylik va narx bo'yicha moslashtiriladigan ro'yxat
- Bir nechta usta/mutaxassis uchun alohida jadval
- Bo'sh kun va vaqtlarni avtomatik hisoblash
Ta'lim
O'quvchilar javobini avtomatik tekshiradi, reyting va CSV chiqaradi
- Javob kaliti asosida kalitli test yaratish (bir necha formatda kalit kiritish)
- Telegram Quiz so'rovnomalaridan viktorina yig'ish
- O'quvchilar uchun oddiy qo'shilish: kod yoki havola orqali
Fayl, video, PDF materiallarni kod orqali avtomatik yuboradi
- Fayl, rasm, video, audio, ovozli xabar, GIF va matnli materiallarni qo'llab-quvvatlaydi
- Har bir material uchun avtomatik yoki qo'lda kod berish
- t.me/bot?start=kod ko'rinishidagi to'g'ridan-to'g'ri havola
Darslar, kirish kodlari va uyga vazifa — kursingiz Telegram ichida
- Modul va darslarni botga video, fayl yoki matn sifatida yuklaysiz
- 4 xil kirish usuli: bepul, kirish kodi, admin tasdig'i (chek) yoki onlayn to'lov
- Darslar ketma-ket ochiladi — oldingisini tugatmay keyingisiga o'tib bo'lmaydi
Kanal va marketing
Majburiy obuna bilan do'st taklif qilish konkursi va reyting
- Bir yoki bir nechta kanalga majburiy obuna (ochiq va yopiq kanallar uchun ham)
- Har bir ishtirokchiga shaxsiy referal havola
- Tasdiqlangan do'stlar uchun avtomatik ball hisoblash
Kanal uchun tugmali post yaratuvchi bot
- Matn yoki bitta rasm/video/animatsiya/hujjat/ovoz posti (formatlash saqlanadi)
- Havolali tugmalar (URL)
- Yashirin matnli (popup) va faqat obunachilar uchun popup tugmalar
Diniy
O'zbekiston shaharlari uchun namoz vaqtlari — internetsiz, bepul
- O'zbekistonning 90+ shahar/tuman markazi uchun namoz vaqtlari
- Bugun, ertaga, haftalik va oylik jadval
- Keyingi namozgacha qolgan vaqt hisoblagichi
Shaxsiy
Kirim-chiqim va mijozlar qarzini bitta botda yuritadigan shaxsiy hisob-kitob daftari
- Tezkor yozuv: '-25000 taksi' yoki '+500000 savdo' — bitta xabar bilan saqlanadi
- Summani '25000', '25 000', '25k', '1.5mln' kabi istalgan shaklda yozish mumkin
- Kategoriya kalit so'zlar bo'yicha avtomatik aniqlanadi, aks holda tugmadan tanlanadi
Qanday ishlaydi
- Kerakli botni tanlang va "Ishga tushirish"ni bosing.
- @BotFather'dan token oling va sozlamalarni (adminlar, matnlar va h.k.) to'ldiring.
- Tarifni tanlang (ba'zilari bepul) — bot bir necha soniyada ishga tushadi.
Batafsil: Tayyor botlar qanday ishlaydi · Narxlar