Onlayn kurs boti — Telegram orqali kurs sotish | Botxona.uz
O'qituvchilar uchun tayyor kurs boti: darslarni modul va dars qilib joylaysiz (video, fayl, matn), o'quvchilar bepul, kirish kodi, admin tasdig'i (chek orqali) yoki onlayn to'lov bilan yoziladi. Darslar ketma-ket ochiladi, uyga vazifalarni siz ko'rib chiqasiz, har bir o'quvchining progressini kuzatasiz.
Imkoniyatlar
- Modul va darslarni botga video, fayl yoki matn sifatida yuklaysiz
- 4 xil kirish usuli: bepul, kirish kodi, admin tasdig'i (chek) yoki onlayn to'lov
- Darslar ketma-ket ochiladi — oldingisini tugatmay keyingisiga o'tib bo'lmaydi
- Uyga vazifa: o'quvchi yuboradi, siz qabul qilasiz yoki qayta topshirishni so'raysiz
- Har bir o'quvchining progressi (necha dars, necha foiz) va CSV eksport
- Bir martalik kirish kodlarini avtomatik yaratish (faylga eksport bilan)
- Darslarni nusxalash/forward qilishni taqiqlash (himoyalangan kontent)
- O'quvchidan savol qabul qilish va unga to'g'ridan-to'g'ri javob berish
Kimlar uchun
- Video kurs yoki mastermind sotish
- Til yoki fan bo'yicha darslarni bosqichma-bosqich yetkazish
- Ichki korporativ o'qitish (xodimlar uchun)
- Pullik yoki bepul mini-kurslar bilan auditoriya to'plash
Buyruqlar
| Buyruq | Tavsif | Kim uchun |
|---|---|---|
/start | Kursga yozilish yoki darslarni ko'rish | foydalanuvchi |
/bekor | Joriy amalni bekor qilish | foydalanuvchi |
/admin | Admin panel: kurs tuzilmasi, kodlar, o'quvchilar | admin |
/xabar | Faol o'quvchilarga xabar yuborish (reply qilib) | admin |
Ishga tushirish
- @BotFather orqali yangi bot yarating va tokenini oling.
- Sozlamalarni (adminlar, matnlar va h.k.) to'ldiring.
- Tarifni tanlang — bu bot Bepul tarifda ham ishlaydi.
Qo'shimcha qadamlar
- Botga /admin yozib modul va darslar qo'shing (video yoki faylni yuborasiz)
- Kirish usulini tanlang (bepul, kod, tasdiq yoki to'lov)
- Ikkinchi akkauntdan kursga yozilib, birinchi darsni ko'ring
Ko'p so'raladigan savollar
- Darslarni qanday qo'shaman?
- /admin → «Kurs tuzilmasi» → modul qo'shing, so'ng ichiga dars qo'shing va dars uchun video, fayl yoki matnlarni botga yuboring. Kod bilishingiz shart emas.
- O'quvchilar qanday yoziladi?
- Sozlamalarda «Kirish usuli»ni tanlaysiz: hammaga ochiq, kirish kodi orqali (siz kodlar yaratasiz), admin tasdig'i bilan (o'quvchi to'lov chekini yuboradi, siz tasdiqlaysiz) yoki Telegram orqali onlayn to'lov.
- Darslar tartibsiz ochilib qolmaydimi?
- «Darslar ketma-ket ochiladi» sozlamasi yoqilgan bo'lsa, o'quvchi oldingi darsni tugatmaguncha keyingisini ochib ko'ra olmaydi. O'chirsangiz, barcha darslar darhol ochiq bo'ladi.
- Uyga vazifani qanday tekshiraman?
- Dars sozlamalarida vazifani yoqsangiz, o'quvchi vazifasini yuboradi va sizga kelib tushadi. «Qabul» tugmasini bossangiz keyingi dars ochiladi, «Qayta topshirish»ni bossangiz o'quvchiga qaytadan yuborish so'raladi.
- O'quvchilarning progressini qanday ko'raman?
- /admin → «Progress CSV» tugmasi orqali barcha o'quvchilar, telefon raqamlari, necha dars tugatgani va foizi bilan Excel faylini yuklab olasiz.
- Kurs narxini qanday o'zgartiraman?
- Sozlamalardagi «Kurs narxi» va kerak bo'lsa «To'lov ma'lumoti» yoki «Onlayn to'lov tokeni»ni o'zgartiring — bot qayta ishga tushganda yangi qiymatlar ishlaydi.
Bepul ishga tushirish · Manba kodini yuklab olish
O'xshash botlar
- Test tekshiruvchi va viktorina boti — O'quvchilar javobini avtomatik tekshiradi, reyting va CSV chiqaradi
- Kod bo'yicha materiallar — Fayl, video, PDF materiallarni kod orqali avtomatik yuboradi