Botxona

Onlayn do'kon boti — Telegram orqali buyurtma qabul qilish

Mijozlar katalogdan mahsulot tanlaydi, savatga qo'shadi va yetkazib berish yoki olib ketishni tanlab buyurtma beradi. Buyurtmalar adminlarga yoki maxsus guruhga tushadi, holatini bosish bilan yangilaysiz. Naqd, karta o'tkazmasi yoki onlayn to'lov qo'llab-quvvatlanadi.

Imkoniyatlar

  • Kategoriyalar va mahsulotlar katalogi (rasm, narx, tavsif, ombor)
  • Savat: miqdorni o'zgartirish, tozalash, jami summa
  • Yetkazib berish yoki olib ketish, ixtiyoriy bepul yetkazish chegarasi
  • Naqd, karta o'tkazmasi va onlayn to'lov (Click/Payme)
  • Buyurtmalar adminlarga yoki maxsus guruhga avtomatik yuboriladi
  • Bitta tugma bilan buyurtma holatini o'zgartirish va mijozga xabar
  • To'liq admin panel: kategoriya/mahsulot qo'shish, statistikalar, CSV eksport
  • Xabar yuborish (broadcast) barcha mijozlarga
  • Bot uxlab qolsa ham suhbat holati saqlanadi (SQLite)

Kimlar uchun

  • Kichik onlayn do'kon yoki internet-magazin
  • Kafe yoki restoran uchun buyurtma qabul qilish
  • Gullar, sovg'alar yoki maxsus buyumlar sotuvi
  • Uy sharoitida tayyorlangan taomlar yetkazib berish

Buyruqlar

BuyruqTavsifKim uchun
/startBotni ishga tushirish, asosiy menyufoydalanuvchi
/bekorJoriy amalni (buyurtma yoki sozlash) bekor qilishfoydalanuvchi
/skipIxtiyoriy qadamni o'tkazib yuborish (izoh, rasm va h.k.)foydalanuvchi
/adminAdmin panelni ochishadmin
/xabarXabarga javob berib, barcha mijozlarga yuborishadmin

Ishga tushirish

  1. @BotFather orqali yangi bot yarating va tokenini oling.
  2. Sozlamalarni (adminlar, matnlar va h.k.) to'ldiring.
  3. Tarifni tanlang — bu bot Bepul tarifda ham ishlaydi.

Qo'shimcha qadamlar

  1. Botga /admin yozing va kategoriya hamda mahsulotlar qo'shing
  2. Ixtiyoriy: buyurtmalar uchun guruh ochib, botni qo'shing va ID sini ORDERS_CHAT_ID ga yozing
  3. Ikkinchi akkauntdan sinov buyurtma bering

Ko'p so'raladigan savollar

Buyurtmalar qayerga tushadi?
ORDERS_CHAT_ID sozlansa — shu guruhga, aks holda barcha ADMIN_IDS ro'yxatidagi adminlarga shaxsiy xabar sifatida tushadi.
Onlayn to'lovni qanday yoqaman?
@BotFather → botingiz → Payments bo'limidan Click yoki Payme provayderini ulang va olingan tokenni PAYMENTS_PROVIDER_TOKEN sozlamasiga kiriting.
Mahsulot rasm bo'lmasa ham bo'ladimi?
Ha, mahsulot qo'shishda rasm bosqichida /skip bosing — mahsulot faqat matn ko'rinishida ko'rsatiladi.
Bot bir necha daqiqa ishlatilmasa nima bo'ladi?
Bot uxlab qoladi va keyingi xabarda 1-3 soniyada avtomatik uyg'onadi, suhbat holati va savat saqlanib qoladi.
Yetkazib berish narxini qanday belgilayman?
DELIVERY_PRICE sozlamasiga narxni kiriting. FREE_DELIVERY_FROM sozlamasi orqali ma'lum summadan yuqori buyurtmalarda yetkazishni bepul qilishingiz mumkin.
Buyurtmalarni Excel'ga qanday olsam bo'ladi?
Admin panel → 📥 Eksport CSV bo'limidan so'nggi 30 kun yoki barcha buyurtmalarni CSV fayl sifatida yuklab olasiz.

Bepul ishga tushirish · Manba kodini yuklab olish

O'xshash botlar